YeTTB Yashil shaharlar dasturi Samarqandni 48-a'zo sifatida qutlaydi

Xitoy va O'rta yer dengizi o'rtasida Buyuk Ipak yo'lida joylashganligi tufayli Markaziy Osiyodagi eng qadimgi gullab-yashnagan shaharlardan biri bo'lgan Samarqand, YeTTBning 3 milliard yevrolik Yashil shaharlar flagman dasturiga qo'shilib, barqaror rivojlanishni rejalashtirishni yaxshilaydigan O'zbekistondagi birinchi shahar bo'ldi.

 

Ushbu qadam 2050-yilga kelib O'zbekistonda uglerod neytralligini ta'minlashga yordam beradi.

 

Dushanba kuni YeTTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink tashrifi chog'ida o'zaro anglashuv memorandumi imzolanishi bilan Samarqand dasturning 48-ishtirokchisiga aylangani tasdiqlandi.  Janob Rigterink 2021-yil 7-9-iyun kunlari YETTBning O'zbekistondagi oliy darajadagi delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda.

 

Barqaror rivojlanish dasturiga qo'shilish orqali shaharlar YeTTB moliyaviy ko'magi bilan boshlang’ich loyihani amalga oshirmoqdalar - Samarqand misolida bu elektr avtobuslariga sarmoya kiritilishi hamda shaharni “ko'kalamzorlashtirish” bo'yicha harakat rejasini (ShKHR) ishlab chiqishi kutilmoqda. Bu esa atrof-muhit holatini yaxshilash yo'lini belgilaydi. Endi atrof-muhit muammolarini samarali hal etish uchun Samarqand yakka tartibdagi ShKHR dasturini ishlab chiqishni boshlaydi.

 

Bugungi kunga qadar YeTTB 97 ta loyiha doirasida O'zbekiston iqtisodiyotiga 2.4 milliard yevrodan ortiq mablag‘ kiritgan. 2020-yilda YeTTB Covid-19 pandemiyasi sababli O'zbekistonda vujudga kelgan muammolarga javoban milliy iqtisodiyotning turli sohalaridagi 18 ta loyiha doirasida 521 million AQSh dollari (429 million yevro) ajratgan. YeTTB mablag'lari mamlakatning bank sektori va kichik xususiy firmalarning moliyalashtirish imkoniyatlarini qo'llab-quvvatlash, asosiy infratuzilmani modernizatsiya qilish va qayta tiklanuvchan energiya manbalarini rivojlantirishga sarflandi.

 

Dunyo miqyosida shaharlarga issiqxona gazlari chiqindilarining to'rtdan uch qismi to'g'ri keladi, bu esa YeTTB dasturini iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. 2016-yilda boshlangan YeTTBning Yashil shaharlar dasturi har bir a'zo shaharga kam uglerodli va barqaror kelajakka o'tish uchun o’ziga xos chora-tadbirlar kombinatsiyasi orqali atrof-muhit ehtiyojlariga moslashtirilgan yechimlarni topishga yordam beradi.

Become a Green City

Contact us [email protected]